Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

05:44, 06-Oktyabr 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
UzAuto Motors Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi
Категория: Новости / Авто
Просмотров: 53

2022-yilning 18-iyulida UzAuto Motors AJ Asaka shahridagi zavodida Chevrolet Tracker-2023 avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar qildi.

Foto: UzAuto Motors

O‘zbekiston Respublikasi rahbarining topshirig‘iga binoan kompaniyaning boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich o‘zgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi avtomobil modellarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish amalga oshirildi. Ushbu bosqichda platformaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 000 dona Chevrolet Tracker avtomobilini tashkil etadi.

Ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida Asaka zavodida lazer va plazmali payvandlash, kuzovni lazer bilan o‘lchash kabi yangi texnologiyalar o‘zlashtirildi, shuningdek, zavod va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors Powertrain zavodida Chevrolet Tracker avtomobillarini jihozlashda foydalaniladigan zamonaviy va tejamkor 1,2 hajmli, uch silindrli CSS Prime turbodvigatellarni ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. Yangi dvigatel Xitoydan olib kelinadigan 125 ot kuchiga ega Tracker avtomobillari dvigatelidan kuchliroqdir. Yangi Tracker quvvati 132 ot kuchiga ega.

“Bugun biz barchamiz tarixiy va unutilmas voqeaning guvohi bo‘ldik –UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Tracker zamonaviy avtomobilini to‘liq siklda ishlab chiqaruvchilardan biriga aylandi. Bu faqat boshlanishi. Kompaniya bundan buyon avtomobillar qatorini zamonaviy va talabgir avtomobillar bilan to‘ldiradi. Bularning barchasi mamlakatimiz rahbariyati va General Motors kompaniyasining har tomonlama ko‘magi hamda butun sanoat xodimlarining, jumladan, “O‘zavtosanoat”, UzAuto Motors AJ, mahalliylashtirish korxonalari va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishda ishtirok etayotgan boshqa ko‘plab tarkibiy korxona xodimlarining qo‘llab quvvatlashi tufayli amalga oshirildi”, – deya ta’kidladi “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruv raisi Shavkat Umurzoqov.

GM prezidenti va strategik bozorlar, alyanslar va distribyutorlar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Kristian Sommer va GM International global ta’minot va ta’minot tizimi vitse-prezidenti Jonni Saldana o‘z nutqida, General Motors rahbariyati nomidan jamoani yangi model ishlab chiqarishni boshlaganligi bilan tabrikladi.

“Chevrolet Tracker 2023-yil modeli ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish – O‘zbekistonda va yana, komponentlarning katta qismi mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qoplanadigan, O‘zbekiston va MDH bozorlarida sotiladigan GEM platformasida yangi avlod avtomobillari ishlab chiqarilishining boshlanishidir. Alyans doirasida, biz GEM Tracker-ni o‘z vaqtida va benuqson ishga tushirishni ta’minlashda texnik tomondan ko‘maklashishdan hamda tajribamiz bilan o‘rtoqlashish imkoniyatidan mamnunmiz. Biz keyinchalik ham ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishda ko‘maklashishda davom etamiz”, – dedi GM International global xarid va ta’minot zanjiri vitse-prezidenti Jonni Saldana.

Chevrolet Tracker-2023 texnik xususiyatlarining muhim jihatlari quyidagilardan iborat:

  • 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 97 kW quvvatga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prime turbomotor;
  • 6-pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
  • aralash silkda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6,9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo‘lda harakatlanish- 5,6 l/100 km;
  • xavfsizlikni ta’minlash tizimi (past tezlikda avtomatik tormozlash, ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlash, oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya, yarimavtomat (parallel) to‘xtash tizimi;
  • haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (Klimat kontrol);
  • kruiz-kontrol;
  • kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
  • charmdan rul qoplami;
  • elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i;
  • eko-charmdan o‘rindiqlar qoplamalari;
  • simsiz zaryadlash;
  • to‘liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar va h.k.


Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID
UzAuto Motors Chevrolet Lacetti va Spark ishlab chiqarishni tikladi
O‘zbekistonda Onix va Tracker ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga 427 mln dollardan ko‘proq mablag‘ ajratiladi
UzAuto Motors avgust oyida atigi 2 dona Gentra va birorta ham Spark ishlab chiqarilmaganiga izoh berdi
UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillarini yig‘ishni boshlaydi
UzAuto Motors Spark ishlab chiqarish to‘xtatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10