Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

06:43, 06-Oktyabr 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olmoqda
Категория: Новости / Авто
Просмотров: 91

2022-yilning yanvar—iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 395,9 million dollarga teng bo‘lgan avtomobil import qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Davlat statistika qo‘mitasi hisobotidan ma’lum bo‘ldi.

Foto: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

Natijada 5 oydan buyon avtomobillar importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2 barobar oshgan.

Shu bilan birga, iyun oyida mashina importi hajmi oshib, 75,4 million dollarga yetgan.

Taqqoslash uchun, yanvarda avtomobillar importi 65,7 million, fevralda 58,8 million, martda 64,8 million dollar, aprelda 91,1 mln va mayda 40,1 mln dollarni tashkil qilgan.

Yil boshidan beri O‘zbekiston avtomobil eksporti hajmi 149,9 mln dollarni tashkil etdi.

Shunday qilib, 6 oy yakuni bo‘yicha avtomobil importi eksportdan 246 million dollar — 2,6 martaga oshgan.

Shu tariqa, O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda iyun oyida avtomobil ishlab chiqarish qanday bo‘lgani haqida xabar berilgandi.


Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID
O‘zbekiston avtomobillarni sotishdan ko‘ra ko‘proq sotib olishda davom etmoqda
O‘zbekiston aprel oyida 91 million dollarga avtomobil import qildi. Bu yil boshidan beri rekord ko‘rsatkichdir
Gruziya O‘zbekistonga avtomobillar reeksportini keskin ko‘paytirdi
O‘zbekistonga xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillarni import qilish hajmi oshirildi
O‘zbekistonda bir yil ichida yengil avtomobil eksporti qariyb 85 mln dollarga oshdi
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10