Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

06:37, 06-Oktyabr 2022 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda kutilmagan moliyaviy holatlar uchun zaxira rejasi sanalmish sug‘urta xizmati, uning turlari, vazifasi hamda shaxsiy tajriba
Категория: Новости / Авто
Просмотров: 86

Har tong oynadan tashqariga qarab, keti uzilmas mashinalarga to‘lgan ko‘chalarga ko‘zingiz tushadi. Ulardan yuzaga keladigan “probka”lar esa kishida xuddi hozir avariya bo‘ladiganday vahima uyg‘otadi.

Albatta, bugungi tezkor talab davrda mashina ichidagi haydovchi bugun, yo‘q, hozir besh daqiqadan keyin ham nima bo‘lishini bilmaydi. Sababi, yo‘lda faqat sizning to‘g‘ri yurishingizgina kamlik qiladi.

Kun sayin soni ortib borayotgan YTHlar statistikasini ko‘rib, ularning oqibatini yengillashtirishga qisman bo‘lsa-da hissa qo‘shuvchi sug‘urta xizmatlari haqida o‘ylab qoladi, kishi.

Sug‘urtalash o‘zi qanday xizmat? Haydovchilar uchun uning majburiyligi qanchalik to‘g‘ri?

“Daryo” sug‘urta nimaligi, uning turlari va bu bo‘yicha uzoq yillik haydovchining shaxsiy tajribasi bilan bo‘lishadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Sug‘urta nima?

Sug‘urta – bu kutilmagan moliyaviy holatlar uchun zaxira rejasi sanaladi. U mol-mulk, sog‘liq yoki hayot, biznes va qiymatga ega bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi xatarlarning moliyaviy himoyasidir.
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan shuningdek sug‘urtalovchilarning mablag‘laridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea yuz berganda ushbu shaxslarga shartnomaga muvofiq tovon to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
Sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.

Sug‘urta kompaniyalari odatda sog‘liqni sug‘urtalash, avtomobil, uy-joy va hayot sug‘urtasi xizmatlarini taklif etadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Avtomobilni majburiy sug‘urtalash nima uchun muhim?

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish fuqaroga qaysi jihatlari bilan manfaatli?
Masalan, birovning avtomobiliga zarar yetkazilganda javobgarlikni sug‘urta amalga oshiradi.
U jabr ko‘rgan, begunoh shaxslarga yetkazilgan zararni qoplash tartibi bo‘yicha g‘amxo‘rlik qilish orqali muhim ijtimoiy rolga ega sanaladi.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash avtomobilning quvvati va foydalanish hududiga qarab belgilangan.

Shu bilan birga, sug‘urta to‘lovining qat’iy miqdoriga ega.

Shaxsiy tajriba

10 yildan ortiq haydovchilik tajribasiga ega Baxtiyor Mo‘minov majburiy sug‘urtaning manfaatli jihatlari haqida gapirib, uning ixtiyoriy bo‘lishi kerakligini ta’kidladi:

Majburiy sug‘urta bir qancha hujjatli shartlarni bajargan jabrlanuvchiga foydadan holi emas.

Masalan, mashina avariyada 10 000 000 lik zarar ko‘rgan bo‘lsa, 8 000 000 ni sug‘urta to‘lab beradi. 2 000 000 ni zarar yetkazuvchi tomonidan to‘lanadi (O‘zining hisob-kitoblarida chiqariladigan summalar bo‘ladi).

Bir marta mashinam avariya bo‘lgan. Sug‘urta pulini olish uchun esa sudda yutib chiqishim, ekspertizalarda aybsizligimni isbotlashim va boshqa yugur-yugurlardan o‘tishim kerak bo‘lgan.

Sudda yutganman. Shundan so‘ng menga 4 200 000 so‘m bergan. U paytda sug‘urtaning eng yuqori summasi shuncha miqdorda edi (Hozir 8 million atrofida).

Foto: Baxtiyor Mo‘minov shaxsiy arxividan

Keyin MIBdan chaqirib, sug‘urta puli to‘lab berildimi, yo‘qmi, deb so‘rashgan.

Zarar yetkazgan tomonga qo‘yilgan cheklovlar jabrlanuvchiga pul to‘lab berilganidan keyingina olinar ekan.

Bu, albatta, manfaatli — jabrlanuvchiga har bir summa qadrli.

Men o‘sha paytda sug‘urta puli zararni qoplab berganidan minnatdorman. Lekin baribir bu majburiy emas, ixtiyoriy tarzda amalga oshirilishi kerak, deb bilaman.

Qolaversa, haydovchilar orasida yolg‘onchilari ham uchrab turadi.

Ular 100 ming so‘mlik mashina qismlarini 400-500 ming so‘m deb ko‘rsatib, ko‘proq pul undirmoqchi bo‘lganlar ham topiladi.

Ixtiyoriy sug‘urta

Avtomobilni ixtiyoriy sug‘urta qilish esa yo‘llar, avtomobillar turargohi va boshqa joylarda har qanday yo‘l hodisalari tufayli avtomobilga yetkazilgan zararni uning egasining aybi bo‘lgan yoki bo‘lmaganligidan qat’iy nazar qoplashni ta’minlaydi.
Shu tariqa avtomobil egalarining mulkiy huquqlarini himoyalash va qo‘riqlash orqali ularning shaxsiy manfaatlari himoyada turadi.

Ushbu sug‘urta polisi narxi turli tashqi o‘zgaruvchan omillarga qarab belgilanmaydi.

Sug‘urta qoplamasi shartnomaning miqdoriga bog‘liq, ammo sug‘urtalangan transport vositasining to‘liq qiymatidan oshib ketolmaydi.

Sug‘urtalashni kim amalga oshiradi?

O‘zbekistonda sug‘urta bozori regulyatori Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi hisoblanadi. Agentlik sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari faoliyatini litsenziyalaydi.

Sug‘urta to‘lovlarining normativlari va mexanizmlarini, hamda ularni hisoblash tartibini ishlab chiqadi.

Sug‘urta bozorining ikki asosiy ishtirokchisi mavjud:

  1. sug‘urta qiluvchi
  2. sug‘urta qildiruvchi.
Sug‘urta qiluvchi – risklarni o‘ziga oluvchi va sug‘urta kompensatsiyasini to‘lovchi kompaniya.
Sug‘urta kompaniyalari – jismoniy (fuqarolar) va yuridik shaxslar (korxonalar) xatarlarini tuzilgan shartnoma asosida sug‘urtalovchi moliyaviy tashkilotning maxsus turidir.

Ma’lumot uchun, 2022-yil 14-iyun holatiga ko‘ra O‘zbekiston sug‘urta bozorida 42 ta sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sug‘urta qildiruvchi — sug‘urtani qabul qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.

Sug‘urta kompaniyasini tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Litsenziya. Sug‘urta kompaniyasining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki yo‘qligini tekshirish kerak.

Buni Ochiq ma’lumotlar portali saytida amalga oshirish mumkin.

Tariflar. Sug‘urta tariflari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga javob berishi kerak. Juda past tariflar firibgarlik belgisi bo‘lishi mumkin.

Polisning taxminiy qiymati sug‘urta kompaniyalari veb-saytlarida onlayn-kalkulyator orqali hisoblanishi mumkin.

Turli kompaniyalar xarajatlarini hisoblab va natijalarini solishtirib ko‘rish zarar qilmaydi.

Shartnomada nazarda tutilgan risklar qancha ko‘p bo‘lsa, sug‘urta narxi shuncha yuqori bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak.
Shartlar. Sug‘urta shartlarini diqqat bilan o‘qish, sug‘urta polisidan tashqari sug‘urta shartnomasini ko‘rib chiqish ham muhim sanaladi.

Sug‘urta hodisasi belgilari keltirilgan bandiga alohida e’tibor qaratish kerak. Sug‘urta nimalarni qoplamasligini aniqlashtirib olgan ma’qul.

Muhim! Turli vaziyatlarda zararni qoplash tartibini aniqlashtirishni unutmaslik hamda kompensatsiya to‘lash muddatlari haqida so‘rash kerak.


Manba: Daryo.uz
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10