Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

14:28, 05-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda 25-fevralgacha 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ularda kasallik aniqlanmadi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 103
O‘zbekistonda 25-fevralgacha 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi. Ularda kasallik aniqlanmadi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan 25-fevral, seshanba kuni, olingan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilning 24-fevral, dushanba kuni, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 32 ta reys orqali 4430 kishi qabul qilingan. Temir yo‘llar orqali 3 ta poyezdda jami 603 kishi, shuningdek, davlat chegara bojxona postlari orqali 1815 ta avtotransport vositasining egalari va 31 324 nafar yo‘lovchi mamlakatga kirib kelgan va ularning barchasi termometriyadan o‘tkazilgan. Foto: “RBK”Ma’lum qilinishicha, 24-fevralda O‘zbekistonga kelgan kishilarning 35 nafari Xitoy fuqarolari hamda 4 nafari Xitoyda bo‘lib qaytayotgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish tadbirlari davomida epidemiologik ko‘rsatmaga asosan, 2020-yilning 25-fevraliga qadar jami 1225 ta namuna koronavirus infeksiyasiga tekshirildi va koronavirus infeksiyasi aniqlanmadi.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirusga qarshi markaziy shtabining ma’lum qilishicha, 2020-yilning 25-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida koronavirus kasalligi qayd etilmadi.Mamlakat aholisi o‘rtasida koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari talablari asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbirlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilik faol ishtirok etmoqda, deyiladi xabarda.Agentlikning xabar berishicha, dunyo bo‘yicha 80 147 kishi, Xitoyda 77 779 kishi koronavirus COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan, kunlik o‘sish 517 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda agentlik tomonidan xabar berildi.Ma’lum qilinishicha, kasallanganlarning 9126 nafari og‘ir ahvolda bo‘lib, 2666 nafari ushbu kasallikdan vafot etgan. Kasallik Xitoydan tashqari dunyoning 36 ta davlatida 2368 kishida qayd etilib, 29 kishi vafot etgan.Janubiy Koreyada 977 kishi koronavirus bilan kasallanib, ulardan 10 nafari vafot etgan. Italiyada 230 ta kasallanish holati ro‘yxatga olinib, ulardan 7 nafari vafot etgan. Eronda esa 61 kishi kasallik bilan zararlangan, ulardan 12 nafari qurbon bo‘lgan. Afg‘onistonda 1 kishining koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Doston Ergashev - Meni Kambagal deb Qiz bermaganlar
Kenan Mirzeyev - Mən bu kədərlə yaşaram yalnız 🖤Təki Cananın Canı sağ olsun 2019
Eminem feat. Rihanna - Love The Way You Lie (zvukoff.ru)
Сюзанна - Кляп
Скруджи - Заведи себя сама
Тимур Родригез - НОВОГОДНЯЯ
Севинч Муминова (Sevinch Mo'minova) - Artiq Sevmeyeceyim
Сергей Лазарев - Так красиво (Orchestral version)
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Тима Белорусских - Тянет к тебе
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7