Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

09:49, 15-Avgust 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 147
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev olamdan o‘tdi
O‘zbek dublyajining eng yorqin vakillaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist G‘aybulla Hojiyev 64 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: “O‘zbekkino” matbuot xizmatiTaniqli kino, teatr va dublyaj aktyori 1956-yilda Buxoroda tug‘ilgan. 1973—1977-yillarda Toshkent davlat San’at institutida tahsil olgan.1976-yilda Abror Hidoyatov teatrida ish boshlagan. 1987-yildan Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik teatrida faoliyatini boshlagan.Aktyor shoir Azim Suyunning “Sarbadorlar” asarida Abu Bakr Kalaviy, Abdulla Oripovning “Sohibqiron” asarida Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” spektaklida Solih mahdum, Ibrohim Sodiqovning “Afandining besh xotini” spektaklida Afandi, Hayitmat Rasulning “Piri koinot” spektaklida Ahmad Farg‘oniy, Shekspirning “Qirol Lir” asarida graf Gloster, Aleksandr Kosanoning “Yetti faryod” spektaklida Sabalo kabi o‘nlab rang-barang rollarni ijro etgan.Og‘ir xastalik tufayli teatrdan ketishga majbur bo‘lgan. Ammo ijoddan to‘xtamay, turli tele va radioloyihalarda muntazam ishtirok etgan.G‘aybulla Hojiyev “Uqubat”, “Shabbona”, “Umid”, “Oqpadar” kabi ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgan. Aktyor “Shaytanat” teleserialida Ahmadbey rolini o‘ynagan.G‘aybulla Hojiyev dublyaj sohasida ham samarali mehnat qilgan bo‘lib, aktyor ovoz bergan qahramonlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Ruslan Sharipov - Panox (Soundtreck) [www.Mp3lar.Com]
Mariyam (Renessans) - Osmon
Doston Ergashev - To'yi Bo'lyapti
Bojalar guruhi - Nilufarim
Doniyor G'oipov - Yodingdamu (remix)
Dabro - Все за одного(New)
Бахтавар - Королева
Xamdam Sobirov - Mayli Kulaver
Shahzod Qarshiyev - Qalbimni sindirib yana
Xamdam Sobirov - Endi sen haqingda sherlar yozmayman
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10