Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

03:26, 06-Iyun 2023 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Usmonovich
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @BIG_IT_Rahbari
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
“Uyda gaz-svet yo‘qligi, xonalar sovib ketgani uchun ko‘chada o‘t yoqib, isindik”. Yangi Namangan aholisi hududda qish mavsumiga tayyorgarlik yo‘qligidan shikoyat qildi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 102

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida aholi ko‘chada olov yoqib isinayotgani, xonadonlarida gaz va elektr taʼminotida uzilishlar bo‘lgani sabab odamlar shunga majbur bo‘lganini aytib, chiqish qilgan video tarqaldi. “Daryo” muxbiri voqea sodir bo‘lgan hududda bo‘ldi.

Maʼlum bo‘lishicha, voqea Yangi Namangan tumanining “Maʼnaviyat” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar oldida sodir bo‘lgan.

Kecha uylarimizda uch soatdan ko‘p vaqt davomida gaz va svet bo‘lmadi. Uylar sovib ketgani uchun ko‘chaga chiqib, o‘tin yoqib isindik. Hamma ko‘chada ekan. Uyda bolalar sovuqdan qotib qolgani uchun ham sal bo‘lsa-da, isinamiz deb, ko‘chaga chiqib olov yoqdik. Olov yoqqanimizdan so‘ng hamma masʼullar shu yerga yetib keldi. Avval telefon qilgan paytimiz javob ham bermagan rahbarlar olovni ko‘rib, chopib kelishdi. “Uchastkavoy”, mahalla raisi va elektr tarmoqlari korxonasi rahbarlari ham kelishdi, — deydi olov yoqib isingan fuqarolardan biri Anvarjon Isoqov.

Anvarjon Isoqov.
Anvarjon Isoqov
Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Yangi Namangan tumani elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Sardorbek G‘affarov ko‘p qavatli uyda elektr taʼminotida uzilish bo‘lganini tasdiqladi.

Mazkur mahalladagi 3-domda elektr tokida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etgunimizga qadar 5-domdagi aholi elektr tokisiz qolgan va shu holat kelib chiqqan. Bu muammoni tezda bartaraf qilishga urindik va qisqa fursatda 3- va 5-dom aholisini elektr toki bilan taʼminladik, — deydi Yangi Namangan tumani elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Sardorbek G‘affarov.

Sardorbek G‘affarov.
Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Masʼulning qo‘shimcha qilishicha, ko‘p qavatli uylardagi elektr tokida yuzaga kelgan nosozlik yuklama ortishidan kelib chiqqan.

Kunlar sovib ketgani, qolaversa, ko‘p qavatli uylardagi gaz taʼminotining yetarlicha bo‘lmagani elektr tokiga ehtiyoj ortishiga, yuklama ko‘payib ketib, o‘chish holati ro‘y berishiga olib kelgan, — deydi masʼul.

Manzura To‘laganova.
Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

“Tong soat 5:30 da svet o‘chdi. Yonmadi. Yordam chaqirsak, mana ketdi, ana ketdi deb aldashdi. Hech kim kelmadi. Keksa yoshli bo‘lganimiz uchun sovuq o‘tib, qaltirib qoldik. Hozir ham shu ahvoldamiz. Shu sabab bolalar olov yoqishdi, biz isindik”, — deydi ko‘p qavatli uyda yashovchi Manzura To‘laganova.

Yana bir fuqaro Hayotxon Botirova respublika bo‘ylab muammo bo‘layotgan gaz masalasini to‘g‘ri tushunishlarini, ammo elektr tokining yo‘qligi ularni qiynab qo‘yganini aytmoqda.

Hayotxon Botirova
Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

Gaz yo‘qligini tushundik. Bu respublika bo‘ylab muammo ekan. Ammo so‘nggi kunlarda faqat biz yashovchi “dom”da svet ham o‘chib qoldi. Boshqa ko‘p qavatli uylarda svet bor ekan. Faqat bizda o‘chishi uydagilarni, bolalarni qiynab qo‘ydi. Svet o‘chganidan keyin barcha masʼullarga qo‘ng‘iroq qilib, yordam so‘radik. Lekin hech kim kelmadi. Shundan so‘ng shu yerda olov yoqib, isindik. Shundan keyin chaqirgan odamlarimiz kelib, muammoni to‘g‘rilab berishdi, — deydi Hayotxon Botirova.

Suhbatdoshning aytishicha, bu muammo 80-90 ta xonadon vakillarini qiynab qo‘ygan.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

O‘sha kuni hammada svet bor edi. Faqat bizda yo‘q edi. Shu sabab olov yoqishga majbur bo‘ldik, — deydi Anvarjon Isoqov.


Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID
UEFA Superkubogi—2023 mezbonligi Rossiyadan olib qo‘yildi
Energetika vaziri Rossiya bilan gaz importi masalasida tuzilgan “yo‘l xaritasi” bo‘yicha izoh berdi
Bishkekda Shavkat Mirziyoyevning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
“Tashmore”da katta o‘pqon paydo bo‘lgani haqidagi xabarga aniqlik kiritildi (video)
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga beshinchi kun ko‘tarildi
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10