Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

03:29, 06-Iyun 2023 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Usmonovich
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @BIG_IT_Rahbari
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Energetika vaziri Rossiya bilan gaz importi masalasida tuzilgan “yo‘l xaritasi” bo‘yicha izoh berdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 62

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiya bilan gaz importi masalasida tuzilgan “yo‘l xaritasi” bo‘yicha izoh berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu Rossiyadan tabiiy gazni import qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘zda tutuvchi “yo‘l xaritasi” hisoblanadi. Ya’ni texnik shartlar o‘rganilib, keyin texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, tijoriy narxlar bo‘yicha kelishilsa, Rossiyadan gaz import qilish ko‘zda tutiladi. 

“Gaz quvurga kirgandan keyin hamma iste’molchilarga — aholiga ham, barcha ishlab chiqaruvchi korxonalarga ham tarqatamiz. Kecha jurnalistlarga tushuntirish berdik, asosiy mazmunini ham ko‘rsatdik, u yerda umuman gaz transport tizimini xususiylashtirish yoki boshqaruvga berish degan gap yo‘q. 

Avval ham, masalan, Turkmanistondan Xitoyga ketadigan gazni aytganman, O‘zbekiston, Turkmaniston, Xitoy, Qozog‘iston hududida koordinatsion qo‘mita bor, texnik imkoniyatlarning hammasini birgalikda o‘rganib chiqadi”, — deydi Jo‘rabek Mirzamahmudov.


Manba: Daryo.uz
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10