Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

04:54, 06-Iyun 2023 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Usmonovich
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @BIG_IT_Rahbari
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Bir mlrd dollardan oshgan savdo aylanmasi, hajmi 5 mln tonnani tashkil qilgan xalqaro yuk tashuvlar. Oʻzbekiston-Qirzigʻiston oʻrtasidagi hamkorlik haqida 
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 80

Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27-yanvar kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Oliy darajadagi muzokaralarda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, oʻzaro savdoni koʻpaytirish, sanoat kooperatsiyasini qoʻllab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilinadi.

Ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi koʻzda tutilgan. “Daryo” ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik haqida soʻz yuritadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat rahbarlari va parlamentlararo aloqalar

Ikki mamlakat oʻrtasidagi yaqin aloqalarni oliy darajadagi uchrashuvlar dinamikasi yaqqol ifodalaydi. 2016–2022-yillar davomida davlat rahbarlarining 16 ta uchrashuvi amalga oshdi, shundan 4 tasi – oʻzaro tashriflar doirasida, 12 tasi – turli xalqaro tadbirlar doirasida. Muntazam ravishda Prezidentlar oʻrtasida telefon orqali muloqotlar boʻlib oʻtmoqda.

Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarovning 2021-yil mart oyida Oʻzbekistonga davlat tashrifi doirasida tomonlar turli sohalarga oid 22 ta hujjatni imzoladi. 

Parlamentlararo muloqot mamlakatlar oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik va sheriklikni mustahkamlashning muhim qismiga aylandi. Bu borada Oʻzbekiston Oliy Majlisi va Qirgʻiziston Jogorku Keneshi huzurida tuzilgan parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnoma, Kampir-Obod suv omborini birgalikda boshqarish, Qambarota GES-1 qurilishi loyihasi – mamlakatlar oʻrtasidagi bitimlar

Ikki mamlakatning oʻtgan yillardagi oʻzaro manfaatlarni hisobga olish va oqilona murosalarga erishish asosidagi rejali saʼy-harakatlari Oʻzbekiston va Qirgʻizistonga davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirishdek muhim vazifani hal etish imkonini berdi. Davlat chegarasining alohida uchastkalari toʻgʻrisidagi shartnoma va Andijon (Kampir-Obod) suv omborini birgalikda boshqarish toʻgʻrisidagi bitimning ratifikatsiya qilinishi tarixiy ahamiyatga ega voqea boʻldi. Bu yutuqlar ikki tomonlama strategik aloqalarni yanada rivojlantirish uchun asos boʻlish bilan birga mintaqaviy hamkorlikka yangi surʼat bagʻishladi.

Qozogʻiston tomoni ishtirokida uch tomonlama qoʻshma korxona tashkil etgan holda Qirgʻizistonning Norin daryosida Qambarota GES-1 qurilishi loyihasini amalga oshirish ishlari boshlandi. 2022-yil avgust oyida Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qoʻshma komissiya ish boshladi, uning birinchi majlisida Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida idoralararo bitim imzolandi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston rahbarlarining “qirgʻiz-oʻzbek chegarasini doʻstlik chegarasiga aylantirish” boʻyicha rejalari amalda roʻyobga chiqmoqda. Bugungi kunda ikki davlat chegaralaridagi 18 ta nazorat-oʻtkazish punkti ishi qayta tiklanib, ularning soni va oʻtkazish imkoniyati kengaymoqda, chegara va bojxona organlari oʻrtasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda. Qarindoshlar bilan uchrashish va turistik obyektlarni ziyorat qilish, ishbilarmonlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish uchun yaratilgan sharoitlar tufayli 2017-yildan buyon har kuni 10 mingdan 20 ming nafargacha Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari chegaradan oʻtmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hajmi oshib borayotgan savdo-iqtisodiy hamkorlik

2022-yilda savdo aylanmasi ilk marta 1 mlrd dollardan oshdi (1 mlrd 120 mln dollar). Bu esa 2017-yilgi koʻrsatkichdan salkam 5 baravar koʻp degani. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qirgʻiziston Oʻzbekistonning Qozogʻistondan keyingi ikkinchi savdo sherigiga aylandi.

Ayni damda, tomonlar oʻzaro savdo-sotiqni diversifikatsiya qilish va uning nomenklaturasini kengaytirish hisobiga uning hajmini yaqin yillarda ikki baravar koʻpaytirishni niyat qilgan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda qirgʻiz kapitali ishtirokidagi 310 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda. 2016-yilda ularning soni bor-yoʻgʻi 49 ta edi. Yaʼni ushbu koʻrsatkich 6 baravar oʻsgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Transport-tranzit segmentidagi hamkorlik

2022-yilda xalqaro yuk tashuvlar hajmi 5 mln tonnani tashkil qilgan (+40,3%). 2022-yilda temir yoʻl orqali xalqaro yuk tashuvlar hajmi 1,9 mln tonnaga (+24,9%), avtomobil orqali xalqaro yuk tashuvlar hajmi esa 3 mln tonnaga (+51,7%) yetgan. Soʻx tumanida yashovchi Oʻzbekiston fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida “Rishton–Ravon” yoʻnalishida tranzit orqali Qirgʻizistondan oʻtuvchi har kunlik avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

2004-yil 4-iyulda qabul qilingan Oʻzbek-qirgʻiz chegarasidagi oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi Hukumatlararo bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda 2006-yilda imzolangan Fuqarolarning oʻzaro qatnovlari toʻgʻrisidagi bitimni faollashtirish boʻyicha muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

Bugungi kunda “Uzbekistan Airways” AJ “Toshkent – Bishkek – Toshkent” yoʻnalishida haftasiga 3-marta reyslar amalga oshirmoqda. 2021-yil 12-dekabrdan boshlab “Fargʻona – Soʻx – Fargʻona” yoʻnalishida haftasiga 2-marta reyslar amalga oshirilyapti. “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasi boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.


Manba: Daryo.uz
MAVZUGA OYID
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘isiztonga joʻnab ketdi
Bishkekda Shavkat Mirziyoyevning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-mart kuni O‘zbekistonga keladi
Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Vengriyaga boradi
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
7 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:7