Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

16:32, 05-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 3
O‘zbekistonda Oliy sud raisi va bosh prokurorning protest keltirish huquqi bekor qilinadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 30-iyun kuni odil sudlovni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Prezident matbuot xizmatiYig‘ilishda ta’kidlanishicha, 2018—2019-yillarda birinchi instansiya sudlarida jami 192 ta jinoyat ishi bo‘yicha 307 nafar shaxs oqlangan bo‘lsa-da, hech qaysi holatda prokuror ayblovdan voz kechmagan. Shu bois tergov jarayonidagi xatolar sud majlisida aniqlansa, prokuror sudning tugashini kutib o‘tirmasdan, o‘z tashabbusi bilan ayblovdan voz kechadigan tartib joriy etilishi lozimligi qayd etildi.“Sud binosiga kelgan har bir inson O‘zbekistonda adolat borligiga ishonib chiqib ketishi kerak. Bu Prezident talabi!” — deya ta’kidladi davlat rahbari.Ma’lum qilinishicha, joriy yilda aholidan kelib tushgan murojaatlarning 8 mingdan ziyodi yoki 44 foizida sudlarda ishlar to‘liq va xolis ko‘rilmayotgani, uzoq muddat cho‘zilayotgani bildirilgan.Shuningdek, 2019-yilda iqtisodiy sudlarda apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rilgan ishlarning 2,5 mingdan ortig‘i, ya’ni 44 foizi bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan. Bu har ikki shikoyatdan biri bo‘yicha tuman va viloyat iqtisodiy sudi chiqargan qarorlar yuqori sudda o‘zgarayotgani, tadbirkor va investorlar sarson bo‘layotganidan dalolat beradi.Mutasaddilarga ilg‘or tajribalar va xalqaro standartlar asosida sud tizimini “bir sud — bir instansiya” tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiSud tizimida eskilik sarqiti bo‘lgan, o‘z nomi bilan ham sudning mazmun-mohiyatiga to‘g‘ri kelmaydigan “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.Prezident Shavkat Mirziyoyev sudyalarning adolatli qaror qabul qilishlariga ta’sir o‘tkazuvchi barcha omillarni, shu jumladan Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilish taklifini ilgari surdi. Parlament palatalari ushbu taklifni ko‘rib chiqadi.Sudlar chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozimligi ta’kidlandi. Ayrim sudyalar tergov materiallariga bog‘lanib qolgani, bu esa qonun, sud va davlat obro‘siga putur yetkazishi qayd etildi. Odil sudlov xalqning ko‘z o‘ngida, ochiq-oshkora amalga oshirilib, adolat qaror topishi lozimligi aytib o‘tildi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Doston Ergashev - Meni Kambagal deb Qiz bermaganlar
Kenan Mirzeyev - Mən bu kədərlə yaşaram yalnız 🖤Təki Cananın Canı sağ olsun 2019
Eminem feat. Rihanna - Love The Way You Lie (zvukoff.ru)
Сюзанна - Кляп
Скруджи - Заведи себя сама
Тимур Родригез - НОВОГОДНЯЯ
Севинч Муминова (Sevinch Mo'minova) - Artiq Sevmeyeceyim
Сергей Лазарев - Так красиво (Orchestral version)
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Тима Белорусских - Тянет к тебе
STASTIKA
9 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:9