Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

14:57, 05-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda 30-iyun kuni 281 kishida koronavirus aniqlanib, yangi rekord o‘rnatildi. Ikki kishi kasallik oqibatida vafot etdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 4
O‘zbekistonda 30-iyun kuni 281 kishida koronavirus aniqlanib, yangi rekord o‘rnatildi. Ikki kishi kasallik oqibatida vafot etdi
O‘zbekistonda 29-iyun soat 23:30 dan 30-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 281 ta yangi holat aniqlandi. Bu yangi rekord hisoblanadi. Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibiYangi kasallanish holatlariYangi kasallanganlarning255 nafari karantin muassasalarida; 25 nafari aholi orasida (shundan 13 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida); 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan. Kasallikdan davolanish30-iyun davomida O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalarida 186 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 135 nafar, Xorazm viloyatida 44 nafar, Navoiy viloyatida 3 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida ham 2 nafar) sog‘aydi.Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8503 nafar bemordan 5682 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar30-iyun kuni Jizzax viloyati va Toshkent shahrida bir nafardan bemor vafot etgani xabar qilindi.Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli onaxon F.O. o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani xabar qilindi. Bir kun avval uning turmush o‘rtog‘i 72 yoshli otaxon Q.R. ham koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingandi.SSVning ma’lum qilishicha, F.O. 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi. 23-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo‘yilgan.Bemor ayolda koronavirus infeksiyasi qaysi kuni aniqlanganiga SSV aniqlik kiritmagan. Biroq Jizzax viloyatida 25-iyun kuni ikki kishida koronavirus aniqlangan va ular tug‘ilgan kunga borgandan so‘ng kasallik aniqlangani haqida avvalroq xabar qilingandi. Ulardan biri F.O.ning turmush o‘rtog‘i Q.R. bo‘lgani aniq.F.O. bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor xuddi eri kabi o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.SSV Toshkentda ham qoraqalpog‘istonlik erkak koronavirusdan vafot etganini xabar qildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumanida yashovchi, 62 yoshli B.Ya. ismli erkak 10-iyun kuni Qozog‘istondan kelganligi sababli karantin markaziga joylashtirilgan. 15-iyun kuni esa hamroh kasalliklari tufayli Yakkasaroy tuman shifoxonasiga yotqizilgan. 19-iyun kuni unda koronavirus aniqlangan va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘tkazilgan hamda o‘tgan kunlar davomida reanimatsiya bo‘limida bo‘lgan.Bemor bundan avval, oxirgi 5 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak va jigar yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan. Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.Qoraqalpog‘istonlik erkak O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgani rasman tasdiqlangan 26-bemor bo‘ldi.Ketma-ket uch kundan buyon SSV kuniga 2 nafardan o‘lim holati yuz berayotganini xabar qilmoqda. Ammo yana shu narsa ma’lum bo‘ldiki, SSV har doim ham koronavirusdan yuz bergan o‘lim holatlarini o‘sha kundayoq bermaydi. Toshkent koronavirusga chalingan shifokorning vafot etgani haqida 28-iyun kuni xabar berilgandi. Biroq u 26-iyun kuni vafot etganini shifokorning qizi ma’lum qildi. Shuningdek, Denov tumani hokimi tumanda 20-iyun kuni koronavirusdan o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qilgan. Biroq SSV bu xabarni oradan 5 kun o‘tib tasdiqlagan. SSV 26 nafar bemorning o‘limi haqida qaysi kunlari ma’lumot berganini ushbu havolada ko‘rib olishingiz mumkin.Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2795 nafar bemordan 21 nafari og‘ir, 5 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.KarantindagilarHozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 218 nafar, statsionar karantinda esa 24 168 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.Xabar to‘ldirilmoqda
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Doston Ergashev - Meni Kambagal deb Qiz bermaganlar
Kenan Mirzeyev - Mən bu kədərlə yaşaram yalnız 🖤Təki Cananın Canı sağ olsun 2019
Eminem feat. Rihanna - Love The Way You Lie (zvukoff.ru)
Сюзанна - Кляп
Скруджи - Заведи себя сама
Тимур Родригез - НОВОГОДНЯЯ
Севинч Муминова (Sevinch Mo'minova) - Artiq Sevmeyeceyim
Сергей Лазарев - Так красиво (Orchestral version)
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Тима Белорусских - Тянет к тебе
STASTIKA
6 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:6