Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

15:13, 05-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 75
JSSTning koronavirus bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistondagi vaziyatga baho berdi
Shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning koronavirusga tayyorgarlik bo‘yicha yetakchi konsultanti Ute Enderleyn va tashkilotning favqulotda holatlarga tayyorgarlik ko‘rish dasturining mas’ul xodimi Jetri Regmi dunyoda davom etayotgan epidemiyaga qarshi olib borilayotgan choralar va profilaktik tadbirlarning texnik ekspertizasini o‘tkazmoqda. Foto: “Daryo”SSV matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ular O‘zbekistonga kirish hududlaridagi sanitariya-karantin punktlarida nazorat va profilaktik tadbirlarni tashkil qilish, davolash muassasalarining xavfsizligini ta’minlash, laboratoriyalar salohiyatini mustahkamlash kabi qator masalalar bo‘yicha texnik tavsiyalarini ham bermoqda.“Biz yurtingizda bir hafta mobaynida bo‘lib, koronavirus infeksiyasining chetdan kirib kelishi va tarqalishining oldini olish, epidemiologik nazoratni kuchaytirish borasidagi ishlar xalqaro talablar asosida, JSST tomonidan ishlab chiqilgan standartlar va tavsiyalarga mos ravishda amalga oshirilayotganligiga guvoh bo‘ldik. Yurtingizda ushbu infeksiyaga qarshi barcha choralar ko‘rilmoqda”, — degan Ute Enderleyn.Shuningdek, JSSTning ekspertlari O‘zbekiston mutaxassislari bilan hamkorlikda jahondagi koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik holatni hisobga olgan holda favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish bo‘yicha ham o‘zaro tajriba almashmoqda.“O‘z o‘rnida aytib o‘tish lozimki, ayni paytda mamlakatimizga yuqumli kasalliklar, jumladan, COVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegaralarida sanitariya-karantin punktlarida barcha ehtiyot choralari ko‘rilib, nazorat kuchaytirilgan. Bugungi kunda ushbu punktlarda boshqa tarmoq xodimlari qatorida 250 nafardan ziyod yuqori malakali sanitariya-epidemiologiya xizmati mas’ullari belgilangan standartlar bo‘yicha ish olib bormoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi huzurida uzluksiz 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatuvchi shtab tashkil qilingan”, — deyiladi vazirlik xabarida.Shuningdek, bugungi kungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagani ta’kidlanib, aholidan ortiqcha sarosimaga tushmasdan shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish so‘ralgan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi kirib borgan mamlakatlar soni 100 dan oshdi. Xitoyda COVID-19 koronavirusi qurbonlari soni 8-mart holatiga ko‘ra, 3119 kishiga yetdi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Doston Ergashev - Meni Kambagal deb Qiz bermaganlar
Kenan Mirzeyev - Mən bu kədərlə yaşaram yalnız 🖤Təki Cananın Canı sağ olsun 2019
Eminem feat. Rihanna - Love The Way You Lie (zvukoff.ru)
Сюзанна - Кляп
Скруджи - Заведи себя сама
Тимур Родригез - НОВОГОДНЯЯ
Севинч Муминова (Sevinch Mo'minova) - Artiq Sevmeyeceyim
Сергей Лазарев - Так красиво (Orchestral version)
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Тима Белорусских - Тянет к тебе
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10