Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

15:37, 05-Iyul 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
O‘zbekistonda 2020-yildan paxtaga, 2021-yildan g‘allaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 97
O‘zbekistonda 2020-yildan paxtaga, 2021-yildan g‘allaga davlat xaridi narxini belgilash amaliyoti to‘liq bekor qilinadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarni imzoladi. Foto: “Agroinformacion.com”Mazkur qarorlar O‘zbekistonda paxta va g‘alla yetishtirishda davlat buyurtmasi va davlat xarid narxlarini belgilash amaliyotini to‘liq bekor qilishni ko‘zda tutadi.“Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, 2020-yil hosilidan boshlab paxta xomashyosini yetishtirishda davlat buyurtmasi bekor qilinadi.Shuningdek, 2020-yildan boshlab:paxta xomashyosining xarid narxini belgilash amaliyotidan voz kechiladi; paxta xomashyosi yetishtiruvchilarga rayonlashtirilgan navlarni erkin tanlash huquqi beriladi; sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi. Bundan tashqari, paxta-to‘qimachilik klasterlari tashkil etilmagan hududlarda paxta tozalash korxonalari ishtirokida fermer xo‘jaliklarining ixtiyoriy kooperatsiyasi tashkil etiladi. Paxta xomashyosi yetishtirish va qayta ishlashni kreditlashning yangi mexanizmi joriy etiladi.Shu bilan birga, “O‘zpaxtasanoat” AJ tugatiladi. Uning hududlardagi aktivlari kooperatsiyalarga yoki xususiy tadbirkorlarga sotiladi.Jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan narxlar e’lon qilinishi hamda bozorlardagi narxlar o‘zgarishidan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritish amaliyoti joriy etiladi.Qarorga muvofiq, paxta tolasi Respublika tovar xomashyo birjasida boshlang‘ich birja narxida erkin sotiladi, bunda birjada boshlang‘ich narx shakllanishida 10 foiz chegirma qo‘yish bekor qilinadi.“G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga asosan, 2020-yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi asosida boshoqli don yetishtirish amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi.Qarorga muvofiq, 2021-yil hosilidan boshlab:davlat tomonidan g‘allaga xarid narxini belgilash amaliyotidan to‘liq voz kechiladi; davlat xaridi to‘liq bekor qilinadi hamda yetishtiriladigan g‘alla barcha iste’molchilarga birja savdolari orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida erkin narxlarda sotiladi; don narxlari barqarorligini ta’minlash tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur miqdordagi g‘alla fyuchers, forvard shartnomalari asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda xarid qilinadi; xo‘jaliklarni sifatli urug‘lik bilan ta’minlash maqsadida sertifikatlangan urug‘lik yetkazib berish tizimi saqlab qolinadi; jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlari tahlilidan kelib chiqib, hosil yilida kutilayotgan (indikativ) narxlar e’lon qilib boriladi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Doston Ergashev - Meni Kambagal deb Qiz bermaganlar
Kenan Mirzeyev - Mən bu kədərlə yaşaram yalnız 🖤Təki Cananın Canı sağ olsun 2019
Eminem feat. Rihanna - Love The Way You Lie (zvukoff.ru)
Сюзанна - Кляп
Скруджи - Заведи себя сама
Тимур Родригез - НОВОГОДНЯЯ
Севинч Муминова (Sevinch Mo'minova) - Artiq Sevmeyeceyim
Сергей Лазарев - Так красиво (Orchestral version)
Скаттл - Bubblegum детка (Vincent Diaz Remix)
Тима Белорусских - Тянет к тебе
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10