Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

09:48, 15-Avgust 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
“U koronavirus qurboni bo‘lgani yo‘q” — Abdurayim Abduvahobov o‘limiga nisbatan shubhalarga oydinlik kiritildi
Категория: Новости / Культура
Просмотров: 16
“U koronavirus qurboni bo‘lgani yo‘q” — Abdurayim Abduvahobov o‘limiga nisbatan shubhalarga oydinlik kiritildi
Kino va teatr aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Abdurayim Abduvahobov 14-iyul kuni 57 yoshida vafot etdi. Bu noxush xabar internetning o‘zbek segmentida tarqalgach, ijtimoiy tarmoqlarda aktyorning koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumgani haqida gap-so‘zlar ham ‘bolaladi’. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov ko‘pchilikda shubha uyg‘otgan mish-mishlarga aniqlik kiritdi. Foto: “Xalq so‘zi Online”Marhumning ko‘p yillik qadrdon hamkasbi, O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori Fathulla Ma’sudovning aytishicha, Abdurayim Abduvahobovning vafotiga onkologik kasallik sabab bo‘lgan.“Abdurayimning vafotiga koronavirusning sira aloqasi yo‘q. U onkologik kasallik tufayli shifoxonada davolanayotgan edi. Taqdir ekan, 14-iyul kuni sahar vafot etdi. Turli mish-mishlarning barchasi yolg‘on. Yaqin do‘stim va hamkasbimning oxirati obod bo‘lsin ilohim!”, — dedi Ma’sudov.Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi matbuot kotibi Muhammadjon Bozorov tarmoqlardagi gap-so‘zlar asossiz ekanligini ta’kidladi.“Abdurayim Abduvahobov vafotidan o‘n kun avval o‘z ixtiyori bilan test topshirgani kelgan. Natija yaxshi chiqqach, uyiga qaytib ketgan. Agar unda koronavirus aniqlanganida, o‘sha zahotiyoq nazoratga olib, maxsus shifoxonaga yotqizardik va davolanishiga yordam berardik. Uning koronavirus qurboni bo‘lgani yolg‘on”, — dedi SEOA rasmiysi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dublyaj ustasi, taniqli aktyor Hoshim Arslonov ham 29-may kuni 64 yoshida saraton kasali bilan vafot etgandi.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
Ruslan Sharipov - Panox (Soundtreck) [www.Mp3lar.Com]
Mariyam (Renessans) - Osmon
Doston Ergashev - To'yi Bo'lyapti
Bojalar guruhi - Nilufarim
Doniyor G'oipov - Yodingdamu (remix)
Dabro - Все за одного(New)
Бахтавар - Королева
Xamdam Sobirov - Mayli Kulaver
Shahzod Qarshiyev - Qalbimni sindirib yana
Xamdam Sobirov - Endi sen haqingda sherlar yozmayman
STASTIKA
10 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10