- Musiqalar
- Kliplar
- Kinolar
- Mutfilimlar
- TV Shoular
- Konsertlar
- Yangiliklar
- Ob-havo
- Radio
- Mobil versiya
BO'LIMLAR
REKLAMA

TELEGRAM
Namanganda transport harakati cheklangan kunda Cobalt va tez yordam mashinasi to‘qnashdi. Bir kishi halok bo‘ldi
Просмотров: 225
Namanganda avtotransport harakatlanishi cheklangan kuni ro‘y bergan Cobalt va Damas mashinalari to‘qnashuv oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi. Foto: Namangan viloyat IIB YHHB matbuot xizmatiNamangan shahrida yashovchi fuqaro 2020-yil 26-iyul — yakshanba kuni o‘ziga tegishli bo‘lgan maxsus stikerga ega Cobalt avtomashinasini boshqarib ketayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli tez yordam mashinasiga borib urildi.YTH tufayli Cobalt haydovchisining ko‘krak qafasi yumshoq to‘qimasi lat yegan. Damas haydovchisi esa og‘ir qo‘shma shikast, bosh miya yopiq shikasti, o‘ng oyoq son suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Foto: Namangan viloyat IIB YHHB matbuot xizmatiTez yordam mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro og‘ir tan jarohati olib, ko‘rsatilgan yordamga qaramay shifoxonada vafot etdi.Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida 2020-yilning 6 oyi mobaynida 248 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Oqibatda 67 kishi halok bo‘ldi, 228 nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari oldi.
Manba: Daryo
Manba: Daryo
MAVZUGA OYID

Buxoroda mast holda velosiped boshqargan otaxon YTH qurboniga aylandi
11-07-2020, 15:57 Новости / Авто

Sirdaryoda Cobalt va “Kamaz” to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
25-03-2020, 14:49 Новости / Узбекистан

Namanganda Nexia velosipedchini urib yubordi. 32 yoshli fuqaro shifoxonada
27-07-2020, 11:09 Новости / Авто

Buxoroda tez yordam mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki
8-07-2020, 11:17 Новости / Узбекистан

Jizzaxda Cobalt 4 yoshli bolani, Malibu maktab o‘quvchisini urib yuborgan
27-07-2020, 14:57 Новости / Авто
Izohlar
REKLAMA

TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10
Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10