- Musiqalar
- Kliplar
- Kinolar
- Mutfilimlar
- TV Shoular
- Konsertlar
- Yangiliklar
- Ob-havo
- Radio
- Mobil versiya
BO'LIMLAR
REKLAMA

TELEGRAM
Jasliqda sodir bo‘lgan YTH oqibatida Volvo va DAF yuk mashinalari yonib ketdi, bir haydovchi vafot etdi
Просмотров: 289
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani “Jasliq” posyolka fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikkita yuk mashinasi yonib ketdi va bir haydovchi vafot etdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi. Foto: Tergov departamentiMa’lumotlarga ko‘ra, 23-iyul kuni soat 18:05 da 26 yoshli Sh.S. o‘z boshqaruvidagi DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinada A-380 avtomobil yo‘lining 1009—1010 kilometrlari oralig‘ida harakatlanib ketayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda DAF ushbu yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, ukrainalik 32 yoshli I.S.ning boshqaruvidagi Volvo yuk avtomashinasining chap yon tomoniga borib urilgan.Shundan so‘ng, u ushbu yuk avtomashinadan keyin harakatlanib kelayotgan Ukraina fuqarosi 29 yoshli Yu.K.ning boshqaruvida bo‘lgan yana bir Volvo rusumli yuk avtomashinasining oldi tomoniga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Foto: Tergov departamentiNatijada DAF FT XF 105 rusumli yuk avtomashinasi haydovchisi Sh.S. hodisa joyida vafot etgan.Shuningdek, YTH oqibatida DAF FT XF 105 hamda Yu.K. boshqaruvidagi Volvo yuk avtomashinalarida yong‘in kelib chiqib, har ikkala yuk avtomashinasi butunlay yonib ketgan. Foto: Tergov departamenti Foto: Tergov departamenti Foto: Tergov departamentiMazkur holat yuzasidan Qo‘ng‘irot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.Avvalroq Qoraqalpog‘istonda tuman IIB boshlig‘i xizmat mashinasida piyodani urib yuborishi oqibatida 23 yoshli yigit halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Manba: Daryo
Manba: Daryo
MAVZUGA OYID

Qashqadaryoda “Zil”ga borib urilgan Spark yonib ketdi. Haydovchi va ikki
4-04-2020, 22:06 Новости / Узбекистан

Foto: Jizzaxda Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi,
4-07-2020, 18:39 Новости / Узбекистан

Sirdaryoda HOWO va Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
24-07-2020, 14:21 Новости / Авто

Samarqandda Lacetti va DAF yuk avtomashinasi to‘qnashuvi natijasida 2
20-07-2020, 17:36 Новости / Узбекистан

Yuqori Chirchiqda Nexia daryoda oqib ketdi. IIV voqea yuzasidan rasmiy
4-07-2020, 21:19 Новости / Узбекистан
Izohlar
REKLAMA

TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
10
Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:10