Bosh sahifa Reklama Aloqa

Sifatli.Uz - Yangi musiqa, yangi filmlar, tarjima qilingan filmlar, o'zbek tilidagi filmlar, kompyuter dasturlari, Android ilovalari, turk musiqasi, rus musiqasi, rus musiqasi, xorijiy musiqa, tojik musiqasi, qozoq musiqasi, Ayollar, erkaklar, aperatiflar, salatlar, pirojkalar, pishirish, pirojnoe, retseptlar, yo'riqnomalar va boshqa eng ommabop maqolalar, telefon qo'ng'iroqlari, telefon o'yinlari, kompyuter o'yinlari, oyna dasturlari...

01:44, 01-Iyun 2020 yil
Fayl qo'shish
Yangilik qo'shish
Behruz Djumaev
E-mail: admin@sifatli.uz
Telegram: @prakuror1
Bobur (Bahh Tee)
E-mail: bahhtee@sifatli.uz
Telegram: @BahhTeeUz
REKLAMA
TELEGRAM
Zafar Hoshimov yolg‘on ma’lumotlar tarqatmaslikka chaqirdi
Категория: Новости / Узбекистан
Просмотров: 40
Zafar Hoshimov yolg‘on ma’lumotlar tarqatmaslikka chaqirdi
“Korzinka.uz” tarmog‘ining hisob-kitoblariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda bananlar orqali koronavirus yuqishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar tarqalgach, uning savdosi uch barobarga tushib ketgan. Bu haqda supermarket tarmog‘ining rahbari Zafar Hoshimov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi. Foto: “Daryo”“Telegram’dagi guruhlarda bir ayolning vahima ohangida viloyatlarning birida koronavirus bilan kasallanganlar borligi va kasallik Xitoydan bananlar orqali kelganini aytgan audiosini eshitib, kulgim keldi. Axir men bizning bananlar Xitoyning yaqiniga ham yo‘lamasligini bilaman-ku: ular Ekvadorda yetishtiriladi va Atlantika okeani orqali Boltiq dengizi portlariga, u yerdan Toshkentga olib kelinadi. Va bunda Toshkent bizning bananlarni Xitoyga borishi uchun eng yaqin marshrut hisoblanadi”, — deb yozadi Hoshimov.Uning so‘zlariga ko‘ra, avvaliga ushbu bema’ni xabarga e’tibor qaratmagan, biroq bananlar savdosi rostdan ham tushib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, respublika aholisining uchdan ikki qismi, jumladan, yirik shaharlarda istiqomat qiluvchi aholi ham bu kabi ahmoqona yolg‘on xabarga ishongan.“Fuqarolar xabarni tekshira bilmasligi juda xavfli, ayniqsa, kasallik tarqalishi ehtimoli bor paytda. Fuqarolarning har qanday kasallikka qarshi quroli bu — bitim va tanqidiy fikrlay bilishi”, — deydi tadbirkor.Zafar Hoshimovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus xavfi AQSh Federal zaxira tizimi o‘z stavkalarini 1,75 foizdan 1,25 foizga tushirganidan so‘ng ochiq-oydin ma’lum bo‘lgan.“Biznes bilan uzoq yillardan beri shug‘ullanish va bozorni kuzatib yurishimdan anglagan narsam shuki, bozor har doim bizdan yaxshiroq biladi va ma’lumot pulga ta’sir ko‘rsata boshlasa, buni juda jiddiy qabul qilish kerak”, — deb yozadi “Korzinka.uz” rahbari.Shuningdek, Zafar Hoshimov har bir kishi ushbu kasallik uzoqda emas, balki juda aniq va ravshan tahdid ekanligini anglashi lozimligini ta’kidlab, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish bo‘yicha maslahatlar bergan.
Manba: Daryo
Izohlar
REKLAMA
TOP 10 - 7 KUNLIK
STASTIKA
5 Mehmonlar hozir saytda
ULARDAN:
Mehmon:5